
Timur Kapadzening shogirdlarini bugun "Osiyo yo‘lbarslari"ga qarshi bahs kutib turibdi
Ayni vaqtda Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi yig‘in doirasida Janubiy Koreyaning Xvason shahrida bo‘lib turibdi.
Vakillarimiz bugun xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 13:00da start oladi.
Ushbu uchrashuvda termamiz futbolchilari oq libosda harakat qiladi. Hozircha mazkur o‘yinni jonli efirda namoyish etuvchi manba ma’lum emas.
Fikrlar