TikTok foydalanuvchilari Paralimpiya sportini rivojlantirish uchun 500 ming AQSh dollari xayriya yig‘di

  • 21 sentabr, 2024, 13:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Parij-2024 Paralimpiya o‘yinlari paytida TikTokda @Paralympics kanali foydalanuvchilari musobaqalarni tomosha qilgan holda Xalqaro Paralimpiya Qo‘mitasining (IPC) global Paralimpiya rivojlantirish dasturlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 500 000 AQSh dollari xayriya yig‘ishga yordam berdi.

Global auditoriyani qamrab olish bo‘yicha sa’y-harakatlari doirasida IPC TikTok bilan Parij 2024 Paralimpiya o‘yinlari davomida turli xil kontent yaratish bo‘yicha hamkorlik qildi va rekord natijalarga erishdi.

Joriy yilning 28 avgustdan 8 sentyabrgacha davom etgan o‘yinlar davomida IPC'ga tegishli @Paralympics TikTok kanali uchun bir nechta qisqa videolar, jumladan, musobaqalarning eng muhim jarayonlaridan lavhalar tayyorladi. Hammasi bo‘lib, kontent 125 million martadan ortiq ko‘rildi, 6 million marta reaktsiyalar bildirildi va taxminan 120 million kishilik global auditoriyani qamrab oldi, @Paralympics akkaunti ham 4,7 million obunachiga ko‘paydi.

Deyarli 1,5 million kishi @Paralympics LIVE kontentini tomosha qildi. Unda Paralimpiya shaharchasi, tantanali ochilish va yopilish marosimlari, Parij 2024 Paralimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan sport inshootlari va uning atrofida paralimpiyachilar bilan suhbatlar tashkil etildi. 

Natijada 500 000 AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ yig‘ildi. Endi ushbu pullar dunyo bo‘ylab Paralimpiya harakatini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!