Tiagu Silvadan ajoyib ko‘rsatkich

  • 28 avgust, 2024, 15:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya milliy terma jamoasi va PSJ klubining sobiq futbolchisi, ayni damda o‘z yurtida "Fluminense" safida to‘p tepib kelayotgan Tiagu Silva mahalliy chempionat doirasida o‘z klubi bilan ajoyib natijalar qayd etib kelmoqda. 

Tecno

Ya’ni 40 yoshli tajribali va faxriy futbolchi bu mavsum oldidan klubga kelib qo‘shilganidan edi. Shundan buyon jamoa hali mag‘lubiyatga uchramadi. Bu orada o‘tkazilgan 6 bellashuvning 5 tasida zafar quchilgan bo‘lsa, yana bir bahs 0:0 hisobidagi durang bilan tugadi. Eng asosiysi esa, davroza daxlsizligi saqlab qolindi.

Silva kelguniga qadar esa, "Fluminense" 17 ta o‘yinda maydonga tushib, atigi 1 bor yutuqni qo‘lga kiritgan edi.

Tajribali futbolchi garchi ancha qarib qolganiga qaramay, hali-hamon ancha yaxshi sport formasida ekanligini barchaga ko‘rsatib qo‘ya oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!