
The Guardian: "Chelsi" PSJning sobiq sardori bilan shartnoma imzoladi
PSJning sobiq himoyachisi Tyago Silva faoliyatini “Chelsi”da davom ettiradi.
The Guardian nashri muxbiri Fabritsio Romanoning xabar berishicha, 35 yoshli braziliyalik futbolchi “aristokratlar” bilan shartnoma imzolagan va bu haqda tez orada rasman e’lon qilinadi. Avvalroq, tomonlar «1+1» ko‘rinishida shartnoma imzolashi haqida xabar berilgan edi.
Bundan tashqari, “Chelsi” “Bayer” xavbeki Kay Xavertts va “Nitstsa” himoyachisi Malang Sarr bilan ham kelishuvga erishgan.
Fikrlar