
Tezkor xabar! Beyl shartnoma imzolash uchun Xitoyga keldi (video)
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl Xitoyga uchib keldi. Bu haqda Transfer News nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 30 yoshli uelslik futbol yulduzi "Tszyansu Sunin" klubi bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Uning Xitoy klubidagi yillik maoshi esa 22 mln evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, "Tszyansu Sunin" ayni damda Xitoy Superligasi musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar