
Tezkor! "Paxtakor" va "Lokomotiv"ga o‘tgan "Olimpik" futbolchilari yana ortga qaytadi
O‘tgan mavsumni "Olimpik" safida o‘tkazgan Timur Mamasidiqov va Abdurauf Bo‘riev yangi mavsumni yana "olimpiyachilar" safida o‘tkazadi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida gapirib o‘tdi.
Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, ikki futbolchi ijara asosida yangi mavsumni "Olimpik" safida boshlaydi. Oldinroq, Mamasidiqov "Lokomotiv", Bo‘riev esa "Paxtakor" safida to‘p tepishi haqida ma’lumot berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze bilan to‘liq intervyuni tez orada YouTubedagi sahifamiz orqali tomosha qilishingiz mumkin!
Fikrlar