Tezkor! "Paxtakor" "Neftchi" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib oldi

  • 18 dekabr, 2023, 20:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rasman O‘zbekistonda qishki transferlar oynasi ochildi. Farg‘onaning "Neftchi" klubi himoyachisi Umar Adxamzoda jamoasini o‘zgartirdi.

Tecno

SPORTS.uz jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaevning ma’lum qilishicha, 25 yoshli futbolchi Toshkentning "Paxtakor" jamoasi futbolchisiga aylandi. Tez orada rasmiy xabar e’lon qilinadi.

Umar Adxamzodani "Neftchi" bilan shartnomasi bor edi, ammo "sherlar" 600 million so‘m tovon puli to‘lab uni o‘z safiga qo‘shib oldi. 

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Umar Adxamzoda Superliganing 24 uchrashuvida qatnashib, 3 ta gol va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Miraziz1
19/12/2023 08:59
Энди термагаям олишади