
Tezkor! Legionerimizning shartnomasi bekor qilinadi!
Rossiya matbuoti “Spartak” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Oston O‘runov bilan amaldagi shartnomani bekor qilishga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida ma’lumot tarqata boshladi.
O‘zbekistonlik legioner moskvaliklar bilan 2020 yilning yozida besh yillik shartnoma imzolagan edi. Oston O‘runov “spartakchilar” safida jami 9 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urishga ham muvaffaq bo‘lgan.
Biroq, bu klub rahbariyati o‘zbek futbolchisini o‘zlari bilan kelisha olmay qolgan sobiq bosh direktor Shamil Gazizovning o‘yinchisi, deb hisobladi va unga klubdan joy bermadi. Murabbiylar shtabi ham yosh futbolchimizga etarli darajada imkon bermay, uni bir necha marta so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirdi xolos.
O‘runov ko‘p vaqtini “Ufa”da o‘tkazdi. Shunga qaramay, jarohatlarining ko‘pligi va tayyorgarligining pastligi uchun asosan zaxirada qolib keldi. Yakunlangan mavsumda Oston ufaliklar safida 17 ta uchrashuvda qatnashib, samarali harakatlarni amalga oshira olgani yo‘q.
Aksiga olib, “Ufa” premer-ligani tark etdi va ular Oston O‘runovni bir million evroga xarid qilish huquqidan foydalanmaydigan bo‘ldi.
Natija Oston “Spartak”ga qaytdi. Endi u o‘ziga yangi jamoa topishga majbur bo‘ladiganga o‘xshayapti. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, O‘runovga Osiyo mamlakatlaridan takliflar bo‘layotgan ekan.
“Spartak”ning sobiq futbolchisi Dmitriy Kombarov bu borada fikr ham bildirgan.
Bu Oston O‘runovning karerasi va futbolchining kelajagi borasidagi barcha savollarni uningt o‘ziga berish kerak. Unga chorlovlar bo‘layotganining o‘zi yaxshilikdan dalolat beradi, - dedi Dmitriy Kombarov.
O‘runov aslida “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Lekin “sherlar” asosiy tarkibida maydonga tushmagan. Bir necha pozitsiyalarda o‘ynay oladigan iste’dod egasi professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllangan.
Namanganliklar safida jami 51 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga uchta to‘p kiritgan O‘runov 2019 yili Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga o‘tib ketdi. Yosh o‘yinchi poytaxt klubida ham ko‘r qolmadi. Jami 13 ta uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga bitta to‘p yozdirgan o‘yinchini 2020 yilning boshida “Ufa” transfer qildi.
O‘runov uchun ilk bor legioner sifatida o‘ynagan Rossiya premer-ligasi o‘yinchilari juda omadli keldi. Yarim himoyachining kreativ o‘yin uslubi deyarli barcha grandlarning e’tiborini qozondi. Biroq, hamyurtimizni legionerga aylanishida katta hissa qo‘shgan Shamil Gazizovning o‘yinchimiz faoliyati borasida qilgan tanlovlari oxir-oqibat xato bo‘lib chiqdi.
Endi Oston O‘runov o‘ziga yangi jamoa topishga majbur. Xotirjam qiladigan tomoni yosh futbolchi o‘z o‘yinini tiklab oldi. Mavsum oxiriga kelib, “Ufa”ning asosiy figuralaridan biriga aylana olganini ko‘rdik. Buni Srechko Katanets ham payqadi va O‘runovni Osiyo chempionatining saralash turniriga taklif qildi. Oston O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi o‘yinlari sonini ettitaga etkazib, gollar hisobini ochishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Bu yog‘iga Oston O‘runovga omad tilaymiz!
O‘zbek legionerini to‘xtatib bo‘lmayapti. Uning narxi ham oshmoqda!
Legionerimizning supergoli jamoasini birinchi o‘ringa olib chiqdi!
Shomurodovni “katta marra” kutib turibdi!
Shomurodovga raqobatni boy bergan hujumchi “Real”da Benzema o‘rnini egallaydi!
To‘purar legionerimiz kuchli jamoaga o‘tadimi?
Fikrlar
Oston Yana Navbahorda uzingni asil holingga qaytasan