
Tezkor! FIFA hamda UEFA Rossiya terma jamoasi va klublarini halqaro musobaqalardan chetlatdi
Futbol tashkilotlari Rossiya terma jamoasi va klublarini halqaro musobaqalardan chetlatishga qaror qildi.
FIFA va UEFAning qo‘shma bayonotida ma’lum qilinishicha, Rossiya terma jamoalari va klublari ushbu tashkilotlar o‘tkazayotgan musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.
Shu tariqa, Rossiya termasi JCh-2022 saralash bahslarida o‘ynamaydi va Qatarda mezbonlik qiladigan mundialni o‘tkazib yuboradi.
"Spartak" jamoasi esa Evropa ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Leyptsig"ga qarshi bahsda maydonga tushmaydi. Nemis klubi to‘g‘ridan to‘g‘ri keyingi bosqichga yo‘l oladi.
Fikrlar