Tezkor! APLda yana bir o‘yin koronavirus tufayli qoldirildi

  • 16 dekabr, 2021, 18:03
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bugun tunda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan APL 17-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Tottenxem" uchrashuvi "shporlar" safida koronavirus bilan kasallanish holatlari qayd etilganligi sababli noma’lum muddatga qoldirildi.  Bu haqda musobaqa rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.

Hozircha, ushbu o‘yinning o‘tkazilish sanasi ma’lum emas. Shuningdek, London klubi safida aynan kim koronavirusga chalingani ham oshkor qilinmadi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Brentford" - "Manchester Yunayted" bahsini Angliyada yangi omikron koronavirus shtammining avj olayotgani tufayli qoldirilgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!