Terma jamoamiz ikkita medalni qo‘lga kiritdi

CHERY AUTO

Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida sport kurashlari bo‘yicha Ivan Yarigin xalqaro xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Unda ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Tecno

Har ikki medal ayollar kurashi dasturida qo‘lga kiritildi.

-57 kg vazn toifasida finalgacha etib borgan Laylo Sobirova kumush medal sohibiga aylandi. Shuningdek, -50 kg vazn toifasida kurash olib borgan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Aktenge Keunimjaeva bronza medali bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!