
Tennis. Nigina Abduraimova Qozog‘istondagi turnir chorak finaliga chiqdi
Tennis bo‘yicha ayollar terma jamoamiz etakchisi Nigina Abduraimova Qozog‘iston kortlari mezbonlik qilayotgan "ITF Kazakhstan 05A" turnirining yakkalik bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.
Vakilamiz ilk bosqichda rossiyalik Anastasiya Zolotarevadan 1:6, 6:2, 7:5 hisobida ustun keldi. 1/8 finalda esa, mezbonlar sharafini himoya qilgan Jibek Kulambaevani 6:4, 3:6, 6:2 hisobi bilan engdi.
Endi Abduraimova chorak finalda yana bir rus sportchisi Tatyana Barkova bilan kuch sinashadi. Bahs ertaga bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar