
Tennis. Humoyun Sultonov Chexiyadagi turnir g‘olibiga aylandi
Tennis bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Humoyun Sultonov xalqaro turnirlardagi ishtirokini muvaffaqiyatli yakunladi.
Vakilimiz Chexiya kortlaridagi "ITF Czech F8 Futures" musobaqasida bosh sovringa ega chiqdi. Final bellashuvida mezbonlar sharafini himoya qilgan Devid Polyakni 3 setda mag‘lubiyatga uchratdi, 6:2, 3:6, 6:4.
Mazkur turnirning juftlik bahslarida Sultonov boshqa bir hamyurtimiz Sanjar Fayziev bilan yarim final bosqichida o‘z yurishini to‘xtatishga majbur bo‘lgandi.
Fikrlar