Tennis federatsiyasiga yangi rahbar tayinlandi

  • 9 mart, 2020, 14:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Mazkur qaror O‘zbekiston tennis federatsiyasining MOQda o‘tkazilgan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasida olingan.

Tecno

Qayd etilishicha, federatsiyaning yangi raisi etib O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov saylangan.

Tennis mening eng sevimli sport turlarimdan biri. Avvalgi rahbariyat professional ish olib bordi. Endi mendan 2-3 barobar samarali ishlash talab etiladi. Bu jamoa bilan bor kuch-g‘ayratimni berib ishlashga va’da beraman. Bilasizmi, televizorda bayrog‘imizning yuqori ko‘tarilgani, madhiyamiz yangraganini eshitganimda qalbim faxr va g‘ururga to‘lar edi. Endi mana shunday g‘alabalarimiz tennis bilan yanada ko‘payishi yo‘lida astoydil mehnat qilamiz. Muhtaram prezidentimizning sportni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida qaratayotgan e’tiborlari bilan barcha narsaga erisha olamiz”, – dedi Alisher Mirsoatov.

Konferentsiya ishtirokchilari R. Inoyatovni federatsiyaning faxriy prezidenti etib saylashga qaror qilganlar.

Rustam Inoyatov tennis federatsiyasiga 20 yildan ko‘proq, aniqrog‘i, 1999 yildan beri rahbarlik qilib kelayotgandi.

R. Inoyatov O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmatiga 1995 yil 27 iyunidan 2018 yil 31 yanvarigacha davomida raislik qilgan. Ayni paytda u prezidentning islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib sanaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!