Tennis. ATP reytingida o‘zgarishlar bo‘ldi

  • 26 sentabr, 2022, 21:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Tennis
BEPUL PROPAN

Bugun, 26 sentyabr kuni ATP reytingining yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, yaqindagina US Open da g‘olib chiqqan ispaniyalik Karlos Alkaras 6740 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan esa norvegiyalik Kasper Ruud (5850) hamda ispaniyalik Rafael Nadal (5810) joy oldi.

E’tiborlisi, o‘z ochkolari sonini 3200 taga etkazib olgan italiyalik tennischi Yannik Sinner 11-pog‘onadan kuchlik o‘ntalikka ko‘tarilib oldi. 10-o‘rindagi polshalik Xubert Xurkach esa Metsdagi musobaqada muvaffaqiyatsizlikka uchradi va kuchli o‘nlikni tark etdi.

1 (1)  Karlos Alkaras (Ispaniya) 6740

2 (2)  Kasper Ruud (Norvegiya) 5850

3 (3)  Rafael Nadal (Ispaniya) 5810

4 (4)  Daniil Medvedev (Rossiya) 5065

5 (5)  Aleksandr Zverev (Germaniya) 5040

6 (6)  Stefanos Tsitsipas (Gretsiya) 4810

7 (7)  Novak Djokovich (Serbiya) 3570

8 (8)  Kemeron Norri (Buyuk Britaniya) 3550

9 (9)  Andrey Rublev (Rossiya) 3390

10 (11) Yannik Sinner (Italiya) 3200

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!