Ten Xag: "Qarorni klubning o‘zi hal qiladi"

  • 11 fevral, 2023, 07:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Erik ten Xag Superliga haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

"Klubdagi boshqa odamlar buni ko‘rib chiqadi va bu men emas. Vaqti kelib menga bu haqda xabar berishadi. Lekin qaror klubning o‘ziga bog‘liq.

Menimcha, Evropa futbolining hozirgi tuzilmasi yaxshi, lekin uni yanada yaxshilash va rivojlantirish uchun har doim tashabbus ko‘rsatish kerak", - deydi "qizil iblislar" ustozi.

Ma’lumot o‘rnida, "Real", "Barselona" va "Yuventus" Evropa Superligasini qayta boshlashga hozirlik ko‘rmoqda. Bu musobaqada 60-80 ta jamoa qatnashishi mumkin bo‘ladi, ular 4 divizionda joylashadi. Endi Superligadagi doimiy a’zolik bekor qilinadi va har bir klubga turnirda bir mavsumda kamida 14 ta o‘yin o‘tkazish kafolatlanadi.

Superligani tashkil etish g‘oyasi "Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Peresga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!