
Ten Xag iste’foga chiqariladimi? Uning o‘zi bu savolga javob berdi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag iste’foga chiqarilishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Mish-mish matbuotdan chiqayapti. Hikoya yaratadigan, ertak yozadigan va yolg‘on nashr etuvchilardan. Albatta, biz hozirgi vaziyatimizdan norozimiz. Ammo klub ichida hamma narsa tinch va osoyishta. Biz rejaga sodiqmiz va muvaffaqiyatga erishishimizga ishonchimiz komil”, - dedi Ten Xag jurnalistlarga.
«Manchester Yunayted» hozir APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Erik ten Xag shogirdlari navbatdagi o‘yinini ertaga, 19 oktyabr kuni "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar