
Ten Hag: "Ronalduning MYudan ketishi aniq edi"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Hag shogirdi Krishtianu Ronalduning shov-shuvli intervyusi va uning oqibatlari haqida gapirdi.
"Men avvaldanoq Ronalduning qolishini xohlaganman, bu boradagi fikrim hamon o‘zgargani yo‘q. Ketishni esa aynan uning o‘zi istadi. Agar qaysidir futbolchi klub sharafini himoya qilmasa, ketishi aniq bo‘lib qoladi.
Ha, men uning intervyusini ko‘rdim, chunki bu ishimning bir qismi. O‘ylaymanki, Krishtianu ushbu so‘zlaridan so‘ng MYudan ketishi aniq edi - boshqa chora yo‘q.
U interyusi qanday oqibatlarga olib kelishini bilardi. Ronaldu menga hech qachon ketishni istayotganini aytmagandi",-dedi niderlandiyalik mutaxassis.
Fikrlar