
Ten Hag "Manchester Yunayted"ga sobiq shogirdini olib keladi
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Sport.es" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "qizil iblislar"ning yangi murabbiyi Erik ten Xaag 24 yoshli futbolchini jamoada ko‘rmoqchi. Ular avval ham birga "Ayaks"da ishlagan.
Eslatib o‘tamiz, De Yong 2019 yil Amsterdam klubidan "Barsa"ga ko‘chib o‘tgandi. Joriy mavsum havbek La Ligada 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan va shuncha golga hammualliflik qilgan.
Fikrlar