Tayson Xolifildni o‘ldirmoqchi bo‘lgan

  • 19 noyabr, 2020, 19:23
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson Evander Xolifildni yana bir marta qulog‘ini tishlashi mumkinligini aytdi.

Tecno

"Yo‘q boshqa hech qachon bo‘lmaydi, deyman, ammo u o‘sha qilgan ishini qilsa, yana tishlagan bo‘lardim.

Uni o‘ldirmoqchi bo‘lganim uchun tishlaganman. Mening boshimga juda ko‘p zarba bergani uchun g‘azablangandim. Men jang davomida nimalar bo‘layotganini anglamay qolgandim, rejalarim butkul izdan chiqqandi.

Bilib qo‘ying, bu yaxshimi yoki yo‘q, kamarimni hech kimga berib qo‘yishni xohlamasdim va bunga yo‘l qo‘ymasdim. Buning uchun oldimdagi har qanday to‘siqqa qarshi turardim. Bunga men javobgar edim," - dedi Tayson.

Tayson 1997 yilda bo‘lib o‘tgan jangda Xolifildni qulog‘ini tishlagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!