Mayk Tayson va Evander Xolifild Rossiyada jang qiladi

  • 20 may, 2020, 00:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Ayni paytda professional boksning haqiqiy yulduzlari Mayk Tayson va Evender Xolifild yana ringga qaytib, ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Tecno

Haqiqatan har ikki bokschi ham shu niyatda. Taniqli promouter Vladimir Xryunov Tayson va Xolifildni Rossiyaga olib kelish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazayotganini ma’lum qildi.

                                                Tayson nima deydi?

- Yaqinda Taysonning vakili Azim Spitser bilan gaplashib, Mayk jahon bo‘ylab turga chiqmoqchiligini va bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishni rejalashtirayotganini aniqladim. Unga Rossiyada ham ko‘rgazmali jang o‘tkazishni taklif qildim. Raqib sifatida Aleksandr Emelyanenko yoki Sergey Xaritonovdan birini tanlaydi, - dedi Xryunov.

cover

                                               Xolifildning qarori qat’iy

Rossiyalik promouter Evander Xolifild bilan ham gaplashib, ringga chiqish niyati jiddiy ekaniga amin bo‘lgan.

 - Ikki kun oldin Evender Xolifild bilan gaplashdim. Tayson bilan jangni tashkil qilish bo‘yicha ish olib borayotgan ekan. U jang bo‘lishi aniq, deyapti. Biz tayyorgarlik detallarini muhokama qildik. Men uni kim shug‘ullantirayotganini so‘radim. U esa, asosan o‘zi tayyorlanayotganini ma’lum qildi, - deydi Xryunov.

unnamed (1)_1

                                               Tarixiy uchinchi to‘nashuv Rossiyada bo‘ladimi?

Ayni paytda Tayson-Xolifild jangini tashkil qilish bo‘yicha arab fondidan jiddiy taklif bor. Bu fond Tayson Fyuri va Entoni Joshua o‘rtasida haqiqiy chempionlik jangini ham tashkillashtirmoqchi. Endi tasavvur qiling, Tayson-Xolifild va Fyuri-Joshua jangi bir kechada bo‘lsa nimalar yuz beradi?

- Men Taysonning ham, Xolifildning ham Rossiyaga kelishi uchun muzokara qilyapman. Lekin ular bu erda o‘zaro kuch sinashmaydi. Ular Rossiyaning mashhur sportchilari bilan jang qiladi. Meni Taysonga qaraganda Xolifild bilan shaxsiy aloqalarim yaxshi.  Ular ishtirokidagi ko‘rgazmali janglar Moskva yoki Ekaterinburgdagi katta stadionda, olamshumul shou doirasida bo‘ladi, - dedi Xryunov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!