Tanqidning yomoni: Mbappe mashg‘ulotlar yulduziga aylanib qoldi

  • 5 dekabr, 2024, 19:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Ispaniya chempionatining navbatdagi turida “Real” Bilbaoda “Atletik”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Uchrashuvning kulminatsion nuqtasi madridliklarning yangi yulduzi Kilian Mbappe penaltidan gol urolmagan vaziyat bo‘ldi.

Garchi bahsdan keyin frantsiyalik futbolchi barcha aybni o‘z bo‘yniga olgan bo‘lsa-da, unga bosim yanada kuchaydi. “Real” 25 yoshli hujumchini har tomonlama himoya qilayotganiga qaramay, alamli mag‘lubiyatdan keyin bosimdan qutilib bo‘lmayapti.

Relevo nashrining yozishicha, “Real” futbolchilari Kilian Mbappening iqtidori va mashg‘ulotlarda ko‘rsatayotgan darajasidan hayratga tushmoqda. Biroq, o‘yin boshlanishi bilan Mbappening ichidagi “o‘ti” tez o‘chib qolyapti.

Manbaga ko‘ra, madridlik charm to‘p ustalari orasida ham Kilian Mbappening jamoada o‘ynab keta olishiga shubha bilan qaraydiganlar paydo bo‘la boshladi.

Ilgari Eden Azarda shunday bo‘lgandi. “Chelsi”da o‘ynagan kezlari Angliya Premer-ligasining eng zo‘r hujumkor futbolchisi bo‘lgan belgiyalik yulduz Madridda hech narsaga erisholmay, faoliyatini yakunlashiga to‘g‘ri kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!