
Svetlana Radzivil – "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi"
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deya ma’lum qilmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. Unda yurtimiz sporti rivoji yo‘lida o‘z xissalarini qo‘shib kelayotgan bir qator sportchi va murabbiylar ham quyidagi davlat mukofotlariga sazovor bo‘lishdi:
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”
Radzivil Svetlana Mixaylovna - Engil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi”
Ziyoev Ural Abulqosimovich - Oqdaryo tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi yunon-rum kurashi bo‘yicha katta murabbiyi, Samarqand viloyati
Mirzaev Abdirashid - Chiroqchi tumanidagi “Abdirashid polvon Mirzaev” kurash klubi treneri, Qashqadaryo viloyati
“Do‘stlik” ordeni bilan
Vasileva Irina Anatolevna - Sport yakkakurashlari bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi qilichbozlik bo‘limi murabbiyi
Kabinov Istam Ashurovich - Kogon shahridagi bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks sport turi treneri, Buxoro viloyati
Xudoyarov Solijon Azimovich - Farg‘ona viloyati sport yakkakurashiga ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabi taekvondo bo‘limi o‘qituvchisi
Shubin Vyacheslav Egorovich - suv sporti turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabining baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘limi treneri, Toshkent shahri
“Shuhrat” medali bilan
Bazarbaev Polat Joldasbaevich - Nukus shahridagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabining karate sport turi bo‘yicha o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Fikrlar