
Surxondaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi murabbiylari "Surxon" klubi mashg‘ulotlariga tashrif buyurishdi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan hududiy bolalar-o‘smirlar futbol akademiyalari faoliyatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, u erdagi murabbiylar malakasini oshirib borish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, akademiyalarda faoliyat olib borayotgan murabbiylar uchun malakali mutaxassislar ishtirokida turli master klasslar tashkil qilinyapti. Jumladan, Surxondaryo viloyati bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi murabbiylari "Surxon" jamoasining mashg‘ulotlariga tashrif buyurishdi.
Ular tajribali murabbiylar tomonidan o‘tkazilgan mashg‘ulotni kuzatib, tahlil qilishdi. Shuningdek, Superliga jamoasi tomonidan mashg‘ulot olib borish jarayonida ahamiyat qaratish kerak bo‘lgan jihatlar, mashg‘ulot uslublari, tiklanish jarayoni haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Fikrlar