
"Surxon" uchun yaxshi xabar bor
"Surxon" futbol klubi ustidan O‘zbekiston Professional futbol ligasiga arz qilgan 3 nafar futbolchidan 2 tasi o‘z arizalarini qaytarib oldi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev o‘zining telegram kanalida ma’lum qildi.
"Surxon" futbol klubidan O‘zPFL ro‘yxatidan o‘tmagan shartnomalar evaziga pul talab qilayotgan uch shaxsdan ikkinchisi ham o‘z arizasini qaytarib oldi. Uch kun avval ulardan birinchisi shunday qarorga kelgandi.
Bizda uchinchi shaxs qoldi. Biz uning ham to‘g‘ri qaror qabul qilishidan umidvormiz", - deyiladi xabarda.
Fikrlar