
"Surxon" Pro liga klubidan ustun keldi
Coca Cola Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan unumli foydalanishni niyat qilgan "Surxon" jamoasi bugun Pro ligada ishtirok etuvchi "Oqtepa" klubiga qarshi nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda oliy divizion ishtirokchisi bo‘lgan termizliklar 3:2 hisobida g‘alabaga erishdilar.
Nazorat bahsi
"Surxon" - "Oqtepa" 3:2
Gollar: Sherzod Karimov (penaltidan), Xusniddin Gafurov, Nuriddin Hasanov.
"Surxon": Asilbek Amanov, Jaxongir Mexmanov, Xusniddin Gafurov, Behruz Shaydulov, Abduqaxxor Xojiakbarov, Asror Gafurov, A’zam Aliev, Sherzod Karimov, Nuriddin Hasanov, Sardor Sulaymonov, Nabiev.
Zaxira: Akbar To‘raev, Azamat Axmedov, Raxmatullo Berdimurodov, Dilshod Jabbarov, Sanjarbek Axmedov, Sarvar Soliev, Muxammadali Nomozov, Nurmuhammad Nomozov.
Termiz klubi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, jamoa etakchilari Shavkat Salomov, Darko Stanoevich, Aleksandr Kasyan, Aziz Ibragimov va Xusniddin G‘afurovlar yakka tartibda mashg‘ulotlarni olib bordi. Shuningdek, jamoa tarkibida bir qator yosh futbolchilar ham ko‘rikdan o‘tmoqda.
Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov shogirdlari Coca Cola Superliga 10-turi doirasida "Navbahor"ga qarshi bahs olib boradi. Pro liga uchrashuvlari esa odatdagi tartibda davom ettiriladi.
Fikrlar