Superyulduz: “Real”ga ham, “Arsenal”ga ham o‘tmayman!

  • 17 iyun, 08:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atletik” va Ispaniya terma jamoasining hujumkor futbolchisi Niko Uilyams avsum yakunlanganidan beri Evropaning birt necha qudratli klublari orasida talash bo‘lyapti.

Tecno

Ispaniyalik o‘yinchiga da’vogarlar orasida transfer uchun “Real” va “Arsenal”ning imkoniyati yuqori baholanayotgan edi. Biroq Uilyamsning gapidan keyin vaziyat o‘zgardi.

Diario Sport nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi faqat ikki jamoa uchun to‘p tepishini ta’kidlagan. 22 yoshli vinger bu yoz “Barselona”ga o‘tishni rejalashtiryapti. Agar kataloniyaliklar uning transferini amalga oshira olmasa, Uilyams hozirgi jamoasida o‘ynashda davom etadi.

Niko boshqa takliflar qaysi klublardan kelib tushishidan qat’i nazar, ularni ko‘rib chiqmaydi. Yakunlangan mavsumda iqtidorli futbolchi 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 11 marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga ettita golli pas uzatdi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!