
Superligani kim tark etadi: "Dinamo" yoki "Buxoro"?
Bugun Superliga 25-tur uchrashuvlari o‘tkazildi. Barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlandi.
Turnir jadvali oxirgi pog‘onalarida borayotgan "Buxoro" o‘z uyida "Metallurg" bilan kuch sinashdi va durang o‘ynadi. "Dinamo" esa Samarqandda "Surxon"ni mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, chempionat tugashiga bir tur qolganda, Superligani tark etadigan jamoa masalasi keyingi turga qoladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, A Pro liga g‘olibi "Mash’al" avvalroq Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.
Ma’lumot o‘rnida, bu mavsum Superligani bir jamoa tark etishi va o‘tish o‘yini o‘tkazilmasligini avvalroq ma’lum qilgandik.
Fikrlar