Superligada jon saqlab qolgan yana bir jamoa nomi ma’lum

  • 5 dekabr, 17:50
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada qolish uchun o‘tkazilgan pley-off bosqichining ilk uchrashuvi yakuniga etdi.

Tecno

2025 yilda Superliganing yakunlariga ko‘ra, jadvalning 12-pog‘onasini band etgan "Qo‘qon-1912" va 15-o‘riyni egallagan "Xorazm" jamoalari Superligada qolish uchun o‘zaro bahs olib bordi. O‘yinning 11-daqiqasida "Xorazm" futbolchisi Azizibek Ahrorov gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida Abror Karimov gol urib muvozanatni tikladi - 1:1. Asosiy vaqtda g‘olib nomi aniqlanmadi va uchrashuv qo‘shimcha bo‘limlar bilan davom ettirildi. Ko‘shimcha bo‘limlarda ham hisob o‘zgarmadi hamda jamoalar penaltilar seriyasiga murojat qildi. Futbol lotereyasida esa "Qo‘qon-1912" 5:4 hisobida g‘alaba qozonib, ligada qolish vazifasini uddaladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Qaxramonjon
05/12/2025 21:49
Сарлавха паст савияда берилган ,, Жон саклаб ,, шу хам гапми, узларингиз фамилиянгизни тугри айтаолмайсизлар а так узларингиз зурга жон саклаб юрибсизлар-ку