
Superliga. "Qo‘qon-1912" - "Navbahor": Derbi oldidan prevyu
O‘zbekiston Superligasining 16-turidan o‘rin olgan bahsda "Navbahor" safarda “Qo‘qon-1912” mehmoni bo‘ladi. Milliy chempionatlarimiz tarixida ushbu jamoalar shu kungacha jami 33 marta bir-birlariga ro‘baro‘ kelgan.
Ustunlik “Navbahor” tomonida – 18 ta g‘alaba. Qo‘qonliklar 8 ta o‘yinda zafar quchgan bo‘lsa, 7 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbatidagi ustunlik “lochinlar” tomonida: 62:36. Namanganliklar o‘zaro o‘yinlarda 61, "shunqorlar" esa 31 ochkoni qo‘lga kiritgan.
Ushbu klublar o‘rtasidagi bahslarda eng yirik hisob 2 marta qayd etilgan. “Navbahor” 2003 va 2016 yillar mavsumining Namanganda o‘tkazilgan o‘yinlarida “Qo‘qon - 1912”ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Mazkur jamoalarning shu kungacha Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan 16 ta bahsidan 6 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, 5 ta o‘yinda Namangan klubi zafar quchgan, 5 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. To‘plar nisbatidagi ustunlik “Qo‘qon-1912” tarafida – 21:18.
Ushbu klublarning 1-davrada Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsida mezbonlar Elguja Grigalashvili va Zoran Marushichning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchgandi.
Fikrlar