
Superliga. Oz emas, ko‘p emas, naq sakkizta gol urilgan o‘yinda OKMK "So‘g‘diyona"dan ustun keldi
O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan OKMK va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Mazkur bellashuvda mezbonlar 5:3 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Maydon egalari safida gollarga Qulmatov (avtogol), G‘iyosov, Abdurahmonov va Ruhadze (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Doriev (dubl) va Petrovich nomiga qayd etildi.
Shu tariqa, "konchilar" ushbu zafardan keyin ochkolarini 14 taga etkazib oldi va jadvalda 1-o‘rindan joy oldi. "Bo‘rilar" 11 ochko to‘plagan bo‘lib, klub hozircha 6-pog‘onani band etib turibdi.
- O'zbekiston - Superliga
- Joriy Mavsum

OKMK
- A. Abdurahmonov 75'
- A. Abdurahmonov 84'
- K. Giyosov 14'
- I. Rukhadze 90'
- A. Sentoku 10'
Tugadi
5
:
3
19.05.2024 19:00

So'g'diyona
- L. Doriev 21'
- Z. Petrović 41'
- L. Doriev 72'
Fikrlar