
Superliga ortida FIFA prezidenti turibdimi?
Ispaniya La Ligasi rahbari Xavmer Tebas FIFA prezidenti Janni Infantinoni Superliga yaratilishida ishtirok etganlikda ayblamoqda.
“Superliganing yaratilishi ortida Janni Infantino turibdi va men gapni uning yuziga ham aytganman. Men bu haqda oldin ham gapirganman va yana takrorlayman - Superliga ortida FIFA prezidenti turibdi!" - Tebas ESPN nashriga bergan intervyusida.
Bir necha oy oldin Xaver Tebas Superliganing maxfiy hujjatlar haqida gapirdi. Unda "W01" nomi tilga olingan edi. Tebasning so‘zlariga ko‘ra, Janni Infantino nomi hujjatlarda shunday kod bilan shifrlangan.
Superliga loyihasi tezda barbod bo‘ldi, ammo uchta klub baribir uni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bular "Real", "Barselona" va "Yuventus".
Fikrlar