
Superliga. "Olimpik" - "Qo‘qon-1912" o‘yinida jamoalar murosa ko‘chasini tanladi
Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Olimpik" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.
Toshkent klubi safida gol Otabek Jo‘raqo‘ziev hisobiga qayd etildi. "Shunqorlar" safida yagona golga Shohnazar Norbekov mualliflik qildi.
Shu tariqa, "olimpiyachilar" ochkolari sonini 18 taga etkazib olgan holda, turnir jadvalida 7-o‘rnini saqlab qoldi. Fayziev shogirdlari hisobida 14 ochko mavjud. Jamoa ayni payt jadvalning 11-pog‘onasidan joy olgan.
Fikrlar