Superliga. OKMK - “Neftchi” uchrashuvida yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ishi bo‘yicha xulosa ma’lum qilindi

  • 28 avgust, 2023, 14:47
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Avvalroq xabar berganimizdek, O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan OKMK hamda “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda yuzaga kelgan bahsli vaziyatlar ishi muxlislarning ko‘plab noroziligi va e’tirozlarini inobatga olgan holda, Ekspert-hakamlar komissiyasiga oshirilgan edi. Komissiya a’zolari 3 ta bahsli vaziyat bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib, yakuniy xulosalarini ma’lum qildi.

Tecno

1-vaziyat: Penalti bor yoki yo‘q?

Dastlab uchrashuvning 42-daqiqasida “Neftchi” darvozasi tomon belgilangan penalti vaziyati ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, komissiya vakillari uzoq vaqt davom etgan bahslardan so‘ng, ovoz berish yo‘li bilan masalani hal qildi. Natijada, ovozlarning katta qismi (80%) ushbu vaziyatda penalti bor, deb topdi va hakamning qarori to‘g‘ri, deya baholandi.

2-vaziyat: Ofsayd bormidi yoki “Neftchi”ning goli nohaq bekor qilindimi?

O‘yinning 45-daqiqasida yuzaga kelgan “Neftchi” tomonidan urilgan golning ofsayd sababli bekor qilinishi ham ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘ldi. Shu tufayli, o‘sha vaziyatda VAR tomonidan ofsayd chizig‘i tortilgani va vaziyat o‘sha paytiyoq tekshirilib, qaror to‘g‘ri chiqarilgani aks etgan videotasvirni ilova qilmoqdamiz. Ekspert hakamlar komissiyasi a’zolari bir ovozdan hakamlarning qarori bu holatda to‘g‘ri bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

3-vaziyat: Qizil yoki sariq kartochka?

Bahsning 57-daqiqasida OKMK futbolchisi Islom To‘xtaxo‘jaev tomonidan raqib futbolchisiga nisbatan o‘yin qoidasi qo‘pol tarzda buzilgan. Bosh hakam Ilgiz Tantashev esa dastlab futbolchiga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatgan, biroq VARga murojaat qilgach, qarorini o‘zgartirib, bu vaziyatda sariq kartochka bilan kifoyalangan. Ekspert hakamlar komissiyasi ushbu holatni chuqur tahlil qilgach, qizil kartochka ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan, degan xulosaga keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azizbek Axanov
28/08/2023 15:40
Mani fikrim 3 ta vazitdaxam togri qaror qilgan! Man Olmaliqnixam Neftchinixam muxlisimasman !
&
Турсунов Саидасрор
28/08/2023 17:40
Хурматли футбол мухлислари узбекистон хакамларини водий футбол кулибларида алами бор ёки кураолмайди факат тошкент кулиблари фойдасига хал булади бахсли вазиятлар.
Oybek Abdusattorov
28/08/2023 16:17
Bizga hatto varxam yordam bermayapdi malades hakamlar
expert Umid-informatik
28/08/2023 15:33
Энди хакам хам одам , адашади
&
Арсен1965
28/08/2023 15:14
Уйинни бошкарган хакамларни узи эксперт.....
&
Фаррухбек
28/08/2023 15:01
Булдими шуми хулоса Илгиз Танташев безрайиб ВАРда ишлайверадими Нефтчи-Андижон уйинида
Жабборов Ахмаджон
28/08/2023 14:51
Экспертлар қаердан экан
&
29/08/2023 02:32
Olmaliqdan