Superliga. "Neftchi" - "Qizilqum": O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?

  • 23 noyabr, 2023, 11:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Soca-Cola Superliganing 25-tur  bahsida Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi. Milliy chempionatimizdagi o‘zaro to‘qnashuvlar statistikasiga nazar tashlasak, bu erda sezilarli darajadagi ustunlik farg‘onaliklar tomonida.

Tecno

O‘tkazilgan o‘zaro uchrashuvlar soni 43 tani tashkil etadi. Undan 22 ta bahsda "Neftchi" g‘alaba qozongan, 9 ta o‘yinda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan va 12 ta bellashuvda "Qizilqum"ning qo‘li baland kelgan.To‘plar nisbati ham "Neftchi" foydasiga 66-41. Ushbu qarama-qarshilikda "Neftchi"ning "Qizilqum" ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 2000 yilda 5:0 ko‘rinishida qayd etilgan. Navoiyliklarning eng yirik g‘alabasi 2002 yilda 4:1 hisobida yakunlangan.

Jamoalarning Farg‘onada qayd etgan so‘nggi 5 uchrashuv natijalari:

29.08.2022.
"Neftchi" - "Qizilqum"  2:1;


19.10.2018.
"Neftchi" - "Qizilqum"   3:1;


24.07.2018.
"Neftchi" - "Qizilqum"   0:1;


26.10.2017.
"Neftchi" - "Qizilqum"   2:0;


17.11.2016.
"Neftchi" - "Qizilqum"   0:1.

Eslatib o‘tamiz,  "Neftchi" - "Qizilqum" o‘yini bugun soat 18:15da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!