
Superliga. "Navbahor" va "Nasaf" vakillari etakchilik qilayotgan assistentlar ro‘yxati bilan tanishing (foto)
O‘zbekiston Superligasining 7 turi ortda qoldi. Kutilganidek, bu mavsum ancha shiddatli davom etmoqda. Biz sizga keyingi tur starti oldidan ayrim qiziq faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.
7-turdan so‘ng assistentlar ro‘yxatida hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqov etakchilik qilmoqda. "Navbahor" vakilining hisobida 4 ta golli uzatma mavjud.
Keyingi o‘rindan 3 ta assist amalga oshirgan Sherzod Nasrullaev ("Nasaf") joy egallagan. Shuningdek, jadvaldan Rubin Xebay ("Andijon"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Akrom Komilov (OKMK) hamda Nurillo To‘xtasinov ("Neftchi") o‘rin olgan. Ular sheriklarining 2 goliga hammualliflik vazifasini bajargan.
Fikrlar