
Superliga. "Nasaf" - "Paxtakor": O‘zaro uchrashuvlarda ustunlik kim tomonda?
Xabaringiz bor, Superliganing 15-turida Qarshining "Nasaf" klubi Toshkentning "Paxtakor" jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 10 avgust kuni soat 20:00 da start oladi.
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida shu vaqtga qadar 55 bor to‘qnash kelishgan. Bo‘lib o‘tgan 30 uchrashuvda poytaxtliklar, 11 o‘yinda esa qarshiliklar g‘alaba qozonishgan. 14 uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan.
To‘plar nisbati 79:48. Ustunlik "Paxtakor"da.
Jamoalar so‘nggi bor 2024 yil 8 mart kuni Toshkentda to‘qnash kelishgan. Uchrashuvda hisob ochilmagan.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Paxtakor” – “Nasaf” 4:0, “Nasaf” — “Paxtakor” 4:0.
E’tiboringizga, Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz:
15.08.2023 y. "Nasaf" 0:0 "Paxtakor"
07.05.2022 y. "Nasaf" 0:0 "Paxtakor"
10.03.2021 y. "Nasaf" 2:3 "Paxtakor"
25.11.2020 y. "Nasaf" 3:0 "Paxtakor"
23.11.2019 y. "Nasaf" 1:2 "Paxtakor"
Fikrlar