
Superliga. Kuchli yomg‘ir ostida o‘tgan, Kenjaboev penaltidan unumli foydalana olmagan bahsda OKMK "Qizilqum"dan g‘alabani tortib oldi
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - OKMK bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 1:2 hisobida zafar quchdi.
Maydon egalarining yagona goliga Islom Kenjaboev muallliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlarning ikki goli Sanches va Hasanov nomiga qayd etildi. Shuningdek, 90-daqiqada Kenjaboev penaltidan unumli foydalana olmadi.
Shu tariqa, "konchilar" 36 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. 18 ochkosi bor "Qizilqum" 12-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar