Superliga hakamlari uchun ortda qolgan 3 ta tur o‘yinlari bo‘yicha seminar o‘tkazildi

  • 25 mart, 2023, 19:20
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston futbol hakamlari markazida Coca-Cola Superliga hakamlari uchun ortda qolgan 3 tur davomida hakamlik bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarni O‘zFHM direktori Laziz Qo‘chqorov ochib berdi va o‘z nutqi davomida o‘tkazilgan uchrashuvlardagi vaziyatlarni o‘rganish, yo‘l qo‘yilgan xatolar ustida ishlash orqali hakamlik darajasini oshirib borish muhim ekanligiga e’tibor qaratdi.

Tecno

Seminar davomida FIFA o‘yin qoidalariga oid yangiliklar e’lon qilindi. Shuningdek, tajribali ekspertlar tomonidan tayyorlangan videoroliklar yordamida hakamlarning so‘nggi vaqtlardagi xatti-harakatlari tahlil qilindi.

Kunning ikkinchi qismida esa VAR bo‘yicha zaruriy uslubiy tavsiyalar berildi. Seminarda Vladislav Tseytlin, Valentin Kovalenko va Bobur Haydarov kabi tajribali mutaxassislar tomonidan yakkakurashlar, o‘yindan tashqari holat, jarima maydonchasi ichidagi kurash, o‘yin nazorati va boshqa e’tiborga molik jihatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Seminarda Toshkent shahridagi hakamlar bevosita zaldan ishtirok etgan bo‘lishsa, hududlardagi hakamlar videokonferens aloqa tashkil etildi.

O‘zFHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!