
Superliga. Doriev Tabatadzedan o‘tib ketdi yoxud 11-turdan so‘ng to‘purarlar bilan tanishing!
Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Dastlab, Abdullaev hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Hojimirzaev ajoyib reydi bilan gol urdi.
Kunning ikkinchi bahsida "Olimpik" - OKMK jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda mehmonlar yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. O‘yinning 82-daqiqada G‘iyoson penaltidan gol urib, hisobni ochdi va ushbu gol bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston Superligasi 11-tur uchrashuvlari yakunlandi. OKMK turnir jadvalida peshqadamga aylanib olgan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" hujumchisi Lyupche Doriev to‘purarlar jadvalida etakchiga aylanib oldi. Quyida to‘purarlar jadvali bilan tanishing.
Fikrlar