Superliga. Cheranning xet-trigi "Paxtakor"ga yirik g‘alabani taqdim etdi, AGMKdan ustun kelgan "So‘g‘diyona" esa 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 27 avgust, 2019, 21:07
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning "Paxtakor" klubi o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi va 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Dragan Cheran mazkur bellashuvda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, Sardor Sobirxo‘jaev va Igor Sergeevlar bittadan o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi. Bunga andijonliklar safida Ildar Mamatkazin bir bor javob qaytardi xolos.

Tecno

Parallel ravishda kechgan "So‘g‘diyona" - AGMK qarama-qarshiligida mezbonlar minimal hisobda zafar quchishdi. Bahsdagi yagona gol 80-daqiqada Kaxi Maxaradze tomonidan kiritildi.

"Paxtakor" bugungi muvaffaqiyat evaziga o‘z ochkolar sonini 50 taga etkazib oldi. "Andijon" esa 16 ochko bilan 12-pog‘onani egallab turibdi. Ulug‘bek Baqoev boshqaruvidagi "So‘g‘diyona" ketma-ket g‘alabalar evaziga 30 ochko jamg‘arishga erishdi va jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 16 ochkosi bor olmaliqliklar esa 13-pog‘onadan joy olgan.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
27/08/2019 22:03
Тан олайлик хаммаси ПАХТАКОР томонда омад, уйинни кулга олиш, гол уриш гап йук хавас килиш керак хасад эмас манимча Пижилдок лигани барча голларини пахтакор уряпти
&
Hasan fanat pahtakor
28/08/2019 06:33
Oka man pahtakorni fanatiman lekin pâhtakorni Nasaf,navbahor,bunyodkor,agmk,kabi kamandalar bilan qiynalib oʻynashini hohlardim iloji boʻsa 1ta2tasiga yutqazsa keyingi yil ochlda kamandalarga munosib qarshilik koʻrsata oladigan yuta oladigan kamanda hosil boʻladi afsus bijildoq ligamizda kamandalarni koʻpi saviyasiz shuni uchun pahtakor qiyinchiliksiz yutib ketyabdi bu jamoa uchun zarar raqobat sifatni oshiradi
&
Hasan fanat pahtakor
28/08/2019 06:37
Kechagi oʻyonda Hamrobekovni oʻyini yoqmadi bunaqa oʻynamaslik kerak agʻzamovni hatosi pand bergandi ochlda kamandalarni mensimadi pahtakor arablar bilan oʻyinda bunaqa boʻmidi shuni uchun pahtakorga raqobatchi kerak
Абдусамат Жураев
27/08/2019 22:11
Навбахор узи айибдор бошликлари хам футболчилар хам мурабий хам мухлислари хам локаол иккинчи даврада маглуб булмаганда кизилкум , Бухоро, Агмк, Металлург ни ютганингизда хозирги 25 очкога 11 очка кушиларди карабсизки 36 очка иккинчи урин эхх Андрей КАНЧЕЛЬСКИЙ БУЛГАНДА
&
BBS UZB
27/08/2019 21:21
Bir nima deyish qiyin... Adolatsiz(lik)lar!!! Kino rejissorlar yaxshi ishlashyapti