
Superliga. Bugun "Nasaf" chempionlikka muhim qadamni tashlashi mumkin
Xabaringiz bor, kecha Superliganing 18-turiga start berildi.
Mazkur tur doirasida bugun ham ikkita ajoyib bellashuv bizni kutmoqda. "Navbahor" o‘z stadionida "Nasaf" bilan, "Bunyodkor" esa safarda "Dinamo" bilan bahs olib boradi. Har ikki o‘yin ham 19:30da boshlanadi.
Hozirda turnir jadvalida yaqqol peshqadamlikni qo‘lga olgan "Nasaf" uchun bugungi o‘yin juda muhim. "Burgutlar" hisobida jami 38 ochko mavjud. Agar bugungi o‘yinda jamoa g‘alabaga erishsa, katta ehtimol chempionlikni hal qiladi.
Ushbu bahsdagi natija "Navbahor" uchun ham katta ahamiyatga ega."Lochinlar" bellashuvda zafar quchsa, ochkolar sonini 26 taga etkazib oladi va "Surxon"ni ortda qoldirgan holda 6-pog‘onaga ko‘tarilib oladi.
Fikrlar