Superliga. 18-turdagi "Navbahor" - OKMK va "Neftchi" - "Andijon" o‘yini bosh hakamlari o‘zgartirildi (foto)

  • 28 avgust, 2023, 17:59
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 18-tur bahslarida hakamlar o‘zgarishi amalga oshirildi. Bu haqda O‘zFHM matbuot xizmati xabar berdi. 

Tecno

"O‘zbekiston futbol hakamlari markazi O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – OKMK hamda “Neftchi” – “Andijon” bahslari bosh hakamlari o‘zgartirilganini ma’lum qiladi. Quyida ushbu o‘zgarishlarning batafsil sababini keltirib o‘tamiz.

“Navbahor” – OKMK uchrashuvi uchun bir necha kun oldin tayinlov olgan farg‘onalik hakam Olim To‘ychiboev o‘yinga tayyorgarlik vaqtida jarohat olgani bois, ushbu muhim bahsni boshqara olmasligini ma’lum qildi. Shuningdek, uchrashuv VAR hakami bo‘lishi kutilgan Ilgiz Tantashev yuqorida ta’kidlaganimiz, 17-tur doirasidagi OKMK – “Neftchi” bahsida yo‘l qo‘ygan xatosi tufayli 18-turdagi bu uchrashuvdan chetlatildi (hozircha uning ishi Hakamlar qo‘mitasida ko‘rib chiqilmoqda va yakuniy jazo tayinlangani yo‘q). Shu tufayli, Olim To‘ychiboev o‘rniga Temur To‘xtasinov ushbu uchrashuvda bosh hakamlik qilsa, VAR hakami vazifasini Ilgiz Tantashev o‘rniga esa Akobirxo‘ja Shukurullaev bajarib beradi", - deyiladi xabarda.

navok_1

“Neftchi” – “Andijon” bahsi Mustaqillik bayrami arafasida bo‘lib o‘tishi hamda televideniening barcha ko‘chma televizion stansiyalari ushbu bayramni yoritish bilan band bo‘lishi sababli, bu bahsda VAR texnologiyasidan foydalanilmasligini ma’lum qilindi. Natijada, markaz ushbu o‘yinning darajasidan va keltirilgan sabablardan kelib chiqib, uchrashuvga FIFA referisini bosh hakam etib tayinlashga qaror qildi.

nefand

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
ал хилол
28/08/2023 21:07
Нефтчи-Андижон уйинини кайси канал олиб беради
&
mmirakilov@bk.ru
28/08/2023 20:08
Бабаяндан қўрқиб ўзгартиришди. Чироқ билан сувни ўчириб қўйганда шу адолатгўйлар қаёқда эди? Дарвозабонни сувини ўғирлагандачи? Паҳтакор билан ўйинда бирорта нефтчи муҳлиси пенальти йўқ эди деб оғзиниям очгани йўқку.