
Superliga. 12-tur boshlanish vaqtlari e’lon qilindi, "Nasaf" - "Neftchi" bahsi qachon bo‘lib o‘tadi?
Superliga 11-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" - "Dinamo" uchrashuvida mehmonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. Dastlab, Abdullaev hisobni ochgan bo‘lsa, 37-daqiqada Hojimirzaev ajoyib reydi bilan gol urdi.
Kunning ikkinchi bahsida "Olimpik" - OKMK jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda mehmonlar yagona gol evaziga g‘alaba qozondi. O‘yinning 82-daqiqada G‘iyoson penaltidan gol urib, hisobni ochdi va ushbu gol bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, O‘zbekiston Superligasi 11-tur uchrashuvlari yakunlandi. 12-turning boshlanish vaqtlari bilan tanishing.
Fikrlar