Superliga. 1-tur raqamlarda!

  • 10 mart, 22:11
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbek futboli muxlislari intiqlik bilan kutgan O‘zbekiston Superligasining 2025 yilgi mavsumi ham boshlandi.

Tecno

Joriy yilda chempionlik uchun kurash qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda. Sababi bir nechta klublar asosiy maqsad sifatida bosh sovrinni qo‘lga kiritishni ko‘zlagan. Xo‘sh, dastlabki tur  qanday o‘tganligini raqamlarda ko‘rib chiqamiz. 2025 yilda oily ligada 16 jamoa ishtirok etmoqda.

Ilk turda muxlislar jami 7 bahsni kuzatib borishdi. Ushbu o‘yinlarning 4 tasida g‘olib jamoaning nomi aniqlandi - (OKMK 2:1 "Buxoro", "Qizilqum" 2:0 "Surxon",  "Xorazm"  2:0 "Sho‘rtan", "Nasaf" 1:0  "So‘g‘diyona") 3 bahsda o‘zaro durangga imzo chekildi ("Qo‘qon-1912" 1:1 "Andijon",  "Bunyodkor" 2:2 "Neftchi", "Navbahor" 0:0 "Dinamo").  Ushbu o‘yinlarda jamoalar umumiy 14 ta gol kiritishdi. Har bir uchrashuvda o‘rtacha  2 ta golga to‘g‘ri kelmoqda. Eng ko‘p gol urilgan bellashuv "Bunyodkor" va "Neftchi"(2:2) bo‘lsa, "Navbahor" va "Dinamo"(0:0) jamoalari o‘rtasidagi to‘qnashuvda hisob ochilmadi.  Ushbu urilgan 14 ta golning  5 tasiga legioner futbolchilar mualliflik qildi.

O‘tgan mavsum 1-turida muhlislar jami 7 uchrashuvni tomosha qilishgan. Ushbu o‘yinlarda esa umumiy 20 gol kiritilgan.  Har bahsda o‘rtacha 2.8 ta gol. Eng ko‘p gol urilgan o‘yinlar "Lokomotiv" va "Metallurg" (2:2), "Navbahor" 3:1 "Dinamo", "Bunyodkor" va "Qizilqum" (1:3)   uchrashuvlari hisoblanadi. 

O‘z darvozasini to‘p olib chiqmagan klublar, "Xorazm", "Nasaf", "Navbahor", "Qizilqum" va "Dinamo". "Sofascore" talqiniga ko‘ra "Qo‘qon-1912" Andro Giorgadze (8.0) eng yuqori ballni oldi.  Botirali Ergashev esa o‘z darvozasiga berilgan zarbalarni eng ko‘p qaytargan (4 ta). Ushbu turda muaffaqiyatli dribling amalga oshirgan futbolchi esa "Bunyodkor" himoyachisi Nikolaz Mali 5 tadan 4ta samarali. Yakunlangan turda eng ko‘p raqib darvozasiga zarba bergan futbolchi Ibrohimhalil Yuldoshev (5 ta), aniq zarba berish bo‘yicha esa "Bunyodkor" hujumchisi Imeda Ashortia eng yaxshi ko‘rsatkichga ega (2 ta).

Ma’lumot uchun, mazkur turdan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Mash’al" uchrashuvi 2 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!