
Superkubok bahsida "Nasaf" himoyachilari ishtirok etadimi?
Xabaringiz bor, ayni paytda "Nasaf" himoyasida muammolar bor. Xatto so‘nggi turlarda bu pozitsiyada Akmal Mazgovoyni ham ko‘rdik. Shu sababli, "Paxtakor"ga qarshi Superkubok uchrashuvi oldidan jamoa mudofaasi haqida ko‘plab savollar paydo bo‘lgandi.
"Ajdarlar" himoyachilari Alibek Davronov yakka tartibda, Igor Golban esa jamoamiy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Ularning ertangi bahsda maydonga tushish ehtimoli yuqori.
Eslatib o‘tamiz, futbolchilar jarohat sabab o‘z jamoasiga yordam bera olmayotgandi.
Fikrlar