
Superkomyuterlar Rossiya chempionatining yangi g‘olibini taxmin qildi
Amerikaning “FiveThirtyEight” nashri superkompyuterlar orqali Rossiya chempionatining bo‘lajak chempionini aniqladi va RPLda 2022/23 yilgi mavsum turnir jadvali qanday ko‘rinish olishi borasida taxminlari bilan o‘rtoqlashdi. Bunda jamoalarning hujum va himoyadagi harakatlarini aniqlab boruvchi “Soccer Power Index” asos qilib olindi.
Kompyuterning hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya chempionati g‘olibi "Zenit" bo‘ladi. Bu ehtimollik 57% deb baholanadi. Superkompyuter peterburgliklar +38 to‘p farqi bilan 64 ochko to‘plashiga ishonch bildirmoqda. “Ko‘k-oqlar”ning kumush medalga ega chiqish ehtimoli — 19%, Sergey Semak jamoasining uchinchi o‘rinni egallashi — 9%.
Sun’iy intellekt TsSKA va “Sochi”ni mos ravishda ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashini taxmin qildi. Xisob-kitoblarga ko‘ra, “armiyachilar” va janubliklarni bir xil – 50 ochkodan to‘playdi. Moskvaliklar yoki “Sochi” chempionlikni qo‘lga kiritish ehtimoli — 9%.
Superkompyuter hisob-kitoblariga ko‘ra, "Spartak" to‘rtinchi (RPLda g‘alaba qozonish ehtimoli 6 foiz), beshinchi - Krasnodar (5 foiz), oltinchi - "Dinamo" (5 foiz), ettinchi - "Lokomotiv" ( 3%). Birinchi ligaga tushib ketadigan jamoa esa "Torpedo" va "Orenburg" bo‘lishi kutilmoqda. Pley-offda “Nijniy Novgorod” va “Fakel” o‘ynaydi.
Fikrlar