Superkompyuter aniqlab bergan Chempionlar ligasining asosiy favoritlari bilan tanishing

  • 6 mart, 18:17
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur hafta UEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidagi dastlabki uchrashuvlar o‘tkazildi.

Bu o‘yinlardan so‘ng "Opta" superkompyuteri turnirning bosh favoritini aniqladi. Da’vogarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Angliya premer-ligasi peshqadami "Liverpul" egalladi. Arne Slot shogirdlarining g‘oliblik imkoniyati 26 foiz deb baholandi.

Ikkinchi o‘rinda Kataloniyaning "Barselona" jamoasi 17,3 foiz bilan joylashdi. Kuchli uchlikni Milanning "Inter" klubi 15,5 foiz bilan yakunladi.

O‘ntalikka quyidagi jamoalar ham kiritildi: "Arsenal" (13,8%), "Real Madrid" (9,2%), "Bavariya" (8%), PSJ (3,1%), "Atletiko" (2,2%), "Aston Villa" (1,6%) va "Lill" (1,5%). 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!