
Superklub bir futbolchi uchun beshta o‘yinchisini taklif qildi. Javob kutilmagan bo‘ldi!
Hammers News nashrining yozishicha, “Chelsi” mutasaddilari Angliya Premer-ligasida porlagan Muhammad Qudusni jamoaga qo‘shib olmoqchi.
“Aristokratlar” 85 million funtga baholanayotgan o‘yinchi olish maqsadida “Vest Xem”ga besh nafar futbolchini taklif qildi.
“Bolg‘aurarlar” bu rokirovkaga ko‘nmadi. Manbaga ko‘ra, “Vest Xem”ni “Chelsi” taklif qilgan birorta futbolchi qiziqtirgani yo‘q.
“Chelsi” vakillari Muhammad Qudus transferida Kirnan Dyusberi-Xoll, Robert Sanches, Karni Chukvuemeka, Tosin Adarabioyo va Trevo Chalobadan foydalanmoqchi bo‘ldi.
24 yoshli ganalik futbolchi Angliyaga 2023 yilning yozida olib kelingan. “Vest Xem” bu o‘yinchi uchun Niderlandiyaning “Ayaks” klubiga 43 million evro miqdorida badal puli to‘lagan edi.
Muhammad Qudus o‘tgan mavsumda barcha turnirlarda 35 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini besh bor ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.
Fikrlar