
Sulsher MYuda ishlaganda amalga oshirgan eng yaxshi transferlarni amalga oshirdi
"Manchester Yunayted"ning sobiq bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher mankunianliklar ustozi bo‘lganida amalga oshirgan ikkita eng yaxshi transferini aytib o‘tdi.
“Mening eng yaxshi transferlarim? Fernandesh jamoaga qo‘shildi va uni darhol yangi bosqichga olib chiqdi. Maguayr ham eng yaxshi transferlardan biri edi. U uchun xafaman, lekin u kuchli yigit. Umid qilamanki, u tez orada eng yaxshi formasiga qaytadi. O‘z vaqtida u himoyamizni yangi bosqichga ko‘tardi", - dedi Sulsher "The Athletic" nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Sulsher 2021 yilning kuzida “Manchester Yunayted”dan ketgan edi. Norvegiyalik mutaxassis bir vaqtlar jamoani Evropa ligasi finaliga olib chiqqandi.
Fikrlar